audio

    Qatar Web Summit tadbiri doirasida O’zbekiston delegatsiyasi Qatarning yirik kompaniya va investorlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

    Qatar davlatining Doha shahrida bo’lib o’tayotgan “Web Summit Qatar – 2024” jahondagi eng yirik texnologik tadbiri doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vakillari Invest Qatar, Qatar Investment Authority, Qatar Development Bank, Hamad Bin Khalifa University, Qatar Research, Development and Innovation Council (QRDI), Gulf Organisation for Research & Development (GORD) kabi nufuzli xorijiy kompaniyalar rahbarlari va investorlari bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazdi.

    Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning IT-sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirilib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko’rsatichlarga erishish bo’yicha hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi. 

    Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan Oʻzbekistonning IT-mutaxassislar salohiyati hamda biznes jarayonlarini autsorsing qilish yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha yaratib berilgan sharoitlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi va hamkorlikka taklif etildi.

    Uchrashuvlar yakunida Qatarning yirik IT kompaniyalari va investorlari uchun mamlakatimizning IT-salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O’zbekistonga taklif etildi.


    • view_icon 387
    : 2024-02-29 22:25:25