Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Qatar Web Summit – 2024” doirasida “The Gulf Organisation for Research and Development” (GORD) raisi bilan uchrashdi.
Unda IT yoʻnalishidagi startap va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimizga investitsiyalarni jalb qilish hamda yosh IT-mutaxassislarni xalqaro kompaniyalarga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
– Kelgusida GORD kompaniyasi bilan oʻzbek IT-mutaxassislarini ishga joylashtirish boʻyicha hamkorlik qilish;
– Biznes jarayonlarini autsorsing qilish maqsadida kompaniyaning Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochish va unda mamlakatimiz IT-kadrlar salohiyatidan keng foydalanishini imkoniyatlarini o‘rganish.