audio

    Tojikistonning Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori bilan ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori Xurshed Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududiy tajribani hisobga olgan holda raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha masalalarga alohida e’tibor qaratildi.  Shu bilan birga, Elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda ikki davlat o‘rtasidagi tajribalar haqida fikrlar almashildi. Bundan tashqari, tashrif davomida mehmonlarga yagona integrator UZINFOCOM faoliyati ham yaqindan tanishtirildi.  Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, “UNICON” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJ faoliyati bilan tanishtirildi.

    • view_icon 627
    : 2024-03-02 20:05:40