audio

    Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari AQSHda “Elektron hukumat taraqqiyoti, muammo va istiqbollari: Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston tajribasi hamda mavjud vaziyatlar” mavzusidagi tadbirda qatnashmoqda

    Shu kunlarda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari AQSHning Nyu-York shahrida Jamoat boshqaruvi boʻyicha ekspertlar qoʻmitasining 23-sessiyasi doirasida UNDESA va UNDP tomonidan tashkil etilgan “Elektron hukumat taraqqiyoti, muammo va istiqbollari: Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston tajribasi hamda mavjud vaziyatlar” mavzusidagi tadbirda faol ishtirok etmoqda.

    Mazkur tadbirda delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda elektron hukumat rivojlanishida erishilgan yutuqlar va istiqbollar bilan tanishtirish barobarida mamlakat tajribasi bilan ham o‘rtoqlashadi. 

    Shuningdek, tadbir doirasida UNDESA Raqamli hukumat rahbari janob Vinchentso Akuaro bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda UNDESA va O‘zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


    • view_icon 300