audio

    Xitoy-O‘zbekiston biznes forumida Xitoy kompaniyalari bilan bir qator muhim hujjatlar imzolandi

    Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning XXRga davlat tashrifi davom etmoqda.

    Ushbu tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi a'zolari ham soha yo‘nalishida xitoylik hamkorlar bilan bir nechta yangi kelishuvlarga erishdi. Dastlab, Xitoy-O‘zbekiston biznes forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Huawei va ZTE kompaniyalari o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolangan edi.

    Shu bilan birga, ushbu biznes forumda respublikamiz telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishda XXRning Huawei va ZTE kompaniyalari bilan hamkorlik qilinayotganligi va ushbu samarali hamkorlik evaziga O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligiga urg‘u berildi.

    Shuningdek, Biznes forum doirasida asosiy urg‘u O‘zbekistonda IT sohani, xususan, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni kengaytirish va biznes-autsorsing jarayonlarini (BPO) rivojlantirish bo‘yicha Osiyo davlatlari kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi. 

    Mazkur yo‘nalishda xorijiy hamkorlarni jalb qilish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va biznes-autsorsing jarayonlari (BPO) xizmatlari hamda uning eksporti hajmini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda IT Park tashkil etilib, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha yirik tashabbuslar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

    Jumladan, IT kompaniyalar uchun barcha korporativ va ijtimoiy soliqlardan ozod etish, ishchilarni daromad solig‘ini pasaytirishni ko‘zda tutuvchi maxsus soliq rejimi joriy etilgani ma’lum qilindi.

    Shuningdek, keng ko‘lamli hamkorlik asosida mazkur tadbir doirasida xitoylik IT-sohasidagi hamkorlar bilan birgalikda 2024-2026-yilarda O‘zbekistonda raqamli infratuzilmasini rivojlantirish uchun quyidagi bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi:

    • “O‘zbektelekom” AK va “Huawei Technologies” korporatsiyasi o‘rtasida “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini sharqiy mintaqada yanada kengaytirish” (II-faza) investitsion loyihasi bo‘yicha shartnomalar; 
    • “O‘zbektelekom” AK va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida telekommunikatsiya infratuzilmasini g‘arbiy mintaqada yanada kengaytirish” (II-faza) investitsion loyiha bo‘yicha shartnomalar;
    • “O‘zbektelekom” AK va “Huawei Technologies” kompaniyasi o‘rtasida “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini sharqiy mintaqada yanada kengaytirish” (III-faza) investitsion loyiha bo‘yicha shartnomalar; 
    • “O‘zbektelekom” AK va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini g‘arbiy mintaqada yanada kengaytirish” (III-faza) investitsion loyiha bo‘yicha shartnomalar;
    •  “UMS” MCHJ LTE TDD va mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “Huawei Tech Investment Tashkent” o‘rtasida shartnoma;
    • “Unitel” MCHJ telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha “Unitel” MCHJ va “Huawei Tech Investment Tashkent” o‘rtasida bitim; 
    • UMS” MCHJ telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha “UMS” MCHJ va “Huawei Tech Investment Tashkent” o‘rtasida bitim;
    • “UMS” MCHJ va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida “UMS” MCHJ telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha bitim;
    • “Coscom” MCHJ va Huawei kompaniyasi o‘rtasida “Coscom” MCHJ mobil aloqa infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha kelishuv;
    • “Coscom” MCHJ va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida “Coscom” MCHJ mobil aloqa infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha kelishuv; 
    • Vazirlik va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida IT sohasi hamda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum;
    • Vazirlik va Huawei kompaniyasi o‘rtasida birgalikda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha memorandum;
    • “UNICON.UZ” DUK va H3C kompaniyasi o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. 

    Shu bilan birga, forum so‘ngida O‘zbekistonda yaratilgan IT salohiyat bilan yaqindan xitoylik tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida, Forum ishtirokchilarini joriy yil 24-27-oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan IT haftaligi – ICTWEEK2023 tadbirlariga taklif etildi.


    • view_icon 671
    : 2023-05-19 12:33:18