audio

    Sian shahrida bo‘lib o‘tgan Xitoy-O‘zbekiston biznes forumida Raqamlashtirish vaziri ishtirok etdi

    Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning XXRga rasmiy tashrifi arafasida O‘zbek – Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu forumda mamlakatimizning uzoq muddatli hamkorlari singari, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan Xitoyning 400 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

    Sian shahrida bo‘lib o‘tgan forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.

    Xitoy-O‘zbekiston biznes forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Huawei va ZTE kompaniyalari o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlar AKT infratuzilmasini mustahkamlash va ta’lim muassasalarining raqamli transformatsiyasiga ko‘maklashishga qaratilgan.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda vazir Sherzod Shermatov boshchiligidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-Park va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Shenchjen shahridagi Huawei va ZTE kompaniyalarining bosh qarorgohiga tashrif buyurgan edi.

    Unda kompaniya tomonidan AKT texnologiyalari, jumladan, 5G va 5,5G texnologiyalari, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash va energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun raqamli yechimlar sohasidagi innovatsiyalar va tendensiyalar taqdim etilgandi.


    • view_icon 629
    : 2023-05-17 19:00:57