Rahbar bilan muloqot qilish va murojaat yo‘llash
Raqamli texnologiyalar vaziriga murojaat qilish tartibi
Fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilik vakillari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga o‘z murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda elektron shaklda yo‘llash imkoniyatiga egadir.
Jumladan, vazirga murojaat qilish uchun quyidagi elektron pochta manzili orqali murojaat yo‘llash mumkin:
Ushbu elektron pochta manziliga yuborilgan murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda javob taqdim etiladi.
Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari Raqamli texnologiyalar vazirining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham o‘z fikr va takliflarini bildirishlari hamda murojaat yo‘llashlari mumkin. Xususan:
Facebook:
https://www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram:
https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Mazkur ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlar ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash, ularning murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish hamda aholi va biznes vakillarining taklif va tashabbuslarini inobatga olishga alohida e’tibor qaratadi.
