Tadbir ochilishida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqida Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda AKT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, joriy etilgan imtiyozlar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, IT sohasidagi ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston IT Park rezidenti sifatida yuritib, yaratilgan imtiyozlardan foydalangan holda IT xizmatlar eksporti hajmini keskin oshirilayotganligi, bu esa, o‘z o‘rnida, O‘zbekistonda autsorsing xizmatlarini buyurtmalari o‘sishi hamda yoshlar uchun yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratilayotganligi ta’kidladi.
Shuningdek, Janubiy Koreya Respublikasi xavfsizlik va davlat boshqaruvi (Ministry of security and public administration) vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida 2012-yilgacha ishlagan Kim Nam Seok so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi aloqalar haqida gapirdi. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi ikki davlat uchun juda katta foyda ekanligi, davlatimizning jadal qadamlar bilan o‘sib borishi va yoshlarga bo‘lgan e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: janob Kim Nam Seok 2013 — 2017-yillarda O‘zbekistonda AKT vaziring o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan birinchi chet el fuqarosi. Koreya tajribasi asosida elektron hukumatni yurtimizda rivojlanishiga hissa qo‘shgan.
Tadbir davomida o‘z eksport salohiyatini yanada oshirish istagi bilan tashrif buyurgan, IT Parkning 10 dan ortiq rezidentlari hamda ularning xizmatlariga qiziqish bildirgan kompaniya rahbarlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil qilindi.
Shuningdek, tadbirda 72 ta kompaniya va tashkilotlar rahbarlari, umumiy sonlarda 130 dan ortiq mehmonlar ishtirok etib, O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning jahon tillariga hamda AKT sohasiga bo‘lgan salohiyati yuqori baholanib, istiqbolli loyihalar bilan tanishildi.
Tadbir yakunida qo‘yidagilar muhokama qilindi:
– Yurtimizdagi IT va xizmat ko‘rsatish sohasiga qiziqish bildirayotgan korxona rahbarlari uchun IT Park rezidentlarining xizmatlarini yanada yoritib berish;
– O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlarni Janubiy Koreya va Osiyo davlatlariga yanada yoritish va 2030-yilga kelib 5 mlrd AQSH dollari eksport hajmiga chiqish uchun Koreya hukumati, vazirlik va IT Park o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish.
– Tadbir yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga Koreyaning 10 dan ortiq AKT sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarining kirishi va yurtimizda o‘z shu’ba korxonalarini ochishi rejalashtirilmoqda.