Koreya Eksimbanki bilan amaldagi va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar qilindi
2024-04-25 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Koreya Eksimbanki katta ijrochi direktori Xvan Kiyon, iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi Yevrosiyo-O‘rta Sharq bo‘yicha guruh direktori Sanjin Kan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasini raqamlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan “Milliy o‘quv elektron kutubxonasi” (NEEL) loyihasining muvaffaqiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, joriy amalga oshirilayotgan “Elektron hukumatning ma’lumotlar markazi” loyihasi masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlariga ham e’tibor qaratildi, bunda davlat xizmatlarini va mavjud ma’lumotlar bazalarini raqamlashtirish yo’nalishida istiqbolli loyihalarini Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda amalga oshirish muhokama qilindi.



