Vazirlik jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinida 1-o‘rinni egalladi
2025-12-25 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
“Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri munosabati bilan o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini boʻlib oʻtdi.

Musobaqa O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etildi.
63 ta jamoa ishtirokida yuqori bilim saviyasi, his-hayajon va qizg‘in raqobat muhitida kechgan bellashuv yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 2-o‘ringa “O‘zbektelekom” AK hamda 3-o‘ringa Ichki ishlar vazirligi loyiq ko‘rildi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Musobaqada mutlaq g‘alabaga erishgan Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasiga maxsus kubok topshirildi.






