Hindiston va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-05-16 18:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun 16-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida Hindistonning “Larsen and Toubro” kompaniyasi va Saudiya Arabistonining DATAVOLT kompaniyasi vakillari bilan IT Park hududida Yashil ma’lumotlar markazini qurish loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumki, joriy yilning 2-may kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida DATAVOLT kompaniyasi Ma’lumotlar markazini qurish loyihasining dastlabki bosqichiga start berilgan edi. Mazkur loyiha yashil energiya asosida ishlovchi dunyodagi ilk loyiha bo‘lishi kutilmoqda.
Shu maqsadda bugungi uchrashuvda ushbu loyihaning borishi, kelgusidagi rejalar xususida atroflicha suhbatlashildi.






