audio

    “TUIT Bright Future Week” g‘oliblari taqdirlandi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida ta’mirlangan binolar holatini borib ko‘rdi.

    Shuningdek, universitetning ta’lim, ishlab chiqarish va tadqiqot integratsiyasi asosida yangi tashkil etilib, jihozlangan laboratoriyalari bilan tanishdi.

    Shu bilan birga, Universitetda tashkil etilgan Inkubatsiya markazi faoliyati, u yerda talabalar va tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari hamda g‘oyalari bilan tanishildi.

    Shundan so‘ng Vazir “TUIT Bright Future Week” haftaligi ishtirokchilarini tabriklash va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

    Joriy yilning 20 – 24-may kunlari TATUda ta'lim, ilm-fan va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular o‘rtasida sohaviy musobaqalarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi “TUIT bright future week” haftaligi bo‘lib o‘tdi.

    Ushba haftalik TATU va uning hududiy filiallari hamda boshqa OTMlar talabalari va tadqiqotchilarining o‘quv, ilmiy va innovatsion faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

    Haftalikdan maqsad – talabalar va tadqiqotchilarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or bilimlarni o‘zlashtirish, ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda o‘zaro bilim va ko‘nikmalarni almashinishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhitni yaratishdan iborat.

     Mazkur haftalik doirasida bir nechta tadbirlar tashkil etildi.

     Jumladan,

    – “Follow up Conferences” ilmiy maqolalar tanlovi

    – “TUIT Digital Girls” hakatoni

     – “UNICORN” startap loyihalar tanlovi

     – “My Future Job” trening haftaligi

    – IT kurslarni tamomlagan va sertifikatga ega Universitet va uning hududuiy filiallarining 3000 dan ortiq talabalarini qamrab olgan “200 nafar iqtidorli talaba” tanlovi

    – CTF Cyber Challenge kiberxavfsizlik musobaqasi

    – TUIT Cyber Games kibersport musobaqasi

    – United Clean Coders dasturlash musobaqasi

    – “3i: idea, invention and innovation” ko‘rgazmasi.

    TUIT Digital Girls xakatoni g‘oliblari:

    AI in everywhere yo‘nalishi bo‘yicha - Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti dan Khwarizmi Girls jamoasi g‘olib bo‘ldi.

    Best Solution for Solution yo‘nalishi bo‘yicha - Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti dan Digital Divas jamoasi g‘olib bo‘ldi.

    Why not IT? yo‘nalishi bo‘yicha - Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti dan Argonauts jamoasi g‘olib bo‘ldi.

    Digital Education yo‘nalishi bo‘yicha - Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti Qarshi filiali dan IT Stars jamoasi g‘olib bo‘ldi.

    Grand prix - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Saabiqun jamoasi ega bo‘ldi.

    Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning hududiy filiallari ishtirokida 2024-yil 23-may sanasida o‘tkazilgan “TUIT CYBER GAMES” turniri CS 2 yo‘nalishi bo‘yicha sovrindor jamoalar aniqlandi.

    1-o‘rin TATU ning TATUFLI jamoasi

    2-o‘rin TATU Nukus Filialning Team ALPHA jamoasi

    3-o‘rin TATU ning Team ALPHA jamoasi

    Dota 2 yo‘nalishi bo‘yicha sovrindor jamoalar

    1-o‘rin TATU ning Dexter jamoasi

    2-o‘rin TATU ning Team Rakuzan jamoasi

    3-o‘rin TATU Samarqand Filial ning The Void Echoes jamoasi

    PUBG Mobile yo‘nalishi bo‘yicha sovrindor jamoalar

    1-o‘rin TATU ning TATU TEAM jamoasi

    2-o‘rin TATU Farg‘ona filial ning Royall Hell jamoasi

    3-o‘rin Qarshi filial ning MEDUZA GAMING jamoasi

    “United Clean Coders” (UCC) xakatoni 

    1-o‘rin TATU ning Pharmcheck jamoasi

    2-o‘rin TATU Samarqand filiali ning Cardex jamoasi

    3-o‘rin Milliy Tadqiqot universiteti ning D.B Agro jamoasi

    3-o‘rin TATU Samarqand filialining Electron jamoasi

    3-o‘rin TATU ning G-Helper jamoasi

    Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF Cyber Challenge musobaqasi

    1-o‘rin TATU ning BitPirate jamoasi

    2-o‘rin TATU Farg‘ona filialining Team ALPHA jamoasi

    3-o‘rin Yangi O‘zbekiston Universiteti ning 3-o‘rin jamoasi.

    Shu bilan birga, 500 000 000 so‘m mukofot jamgʻarmasiga ega “UNICORN” startaplar tanlovi ham o'tkazilib, unda 260 tadan ortiq talabalar 51 ta jamoa boʻlib ushbu tanlovda ishtirok etishdi.

    “TUIT Bright Future Week” haftaligining yakunida gʻoliblar pul mukofotlari, sertifikat hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

     


    • view_icon 531