audio

    Vazirlik delagatsiyasi Malayziyada UCSI University asoschisi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi hamda vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Malayziyaga tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya UCSI University asoschisi va ijrochi direktori Dato Piter bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda, shunindek, IT Park Sirdaryo filiali vakillari ham ishtirok etdi.

    Ma’lumot uchun: USCI universiteti Malayziyaning top reytingdagi universiteti bo‘lishi bilan birga, dunyoning dunyoning top 300 universiteti reytingdan o‘rin egallagan. Ushbu oliy ta’lim yetakchi soha mutaxassislari bilan kuchli akademik dasturlarni yaratishga sodiqligi bilan xalqaro miqyosda tan olingan.

    Uchrashuvda xalqaro bozor talablariga mos keladigan iqtidorli kadrlarni tayyorlash, Sirdaryo viloyatida tashkil etilishi kutilayotgan UCSI universiteti filiali qoshida IT yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, talaba va oʻqituvchilar uchun qoʻshma hamda almashinuv dasturlari borasida fikrlar almashildi.

    Shuningdek, IT-autsorsingni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Uzbekistan Outsourcing Conference” xalqaro tadbirini birgalikda tashkil etish va hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

    USCI universiteti rahbariyati bilan uchrashuv doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziyada taʼlim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda O‘zbekistonni jahon miqyosida IT-xab sifatida targ‘ib qilish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda IT-sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


    • view_icon 503
    : 2024-06-07 16:10:39