Kiberxavfsizlik sohasida kelajagingizni bugundan boshlang!
2026-02-25 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun ko‘plab talabalar o‘z kelajagini kiberxavfsizlik sohasi bilan bog‘lashni istamoqda. Shu bois, ayni paytda boshqa oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘plab iqtidorli yoshlar Cyber University’da o‘qishni davom ettirish istagini bildirmoqda.
Amaldagi tartibga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori), odatiy holatlarda o‘qishni ixtiyoriy ravishda ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Biroq kelib tushgan ko‘plab murojaatlar va sohaning strategik ahamiyati inobatga olinib, davlat tomonidan kiberxavfsizlik yo‘nalishida chuqur bilim olishni istagan talabalar uchun alohida imkoniyat yaratildi — Cyber University’ga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi.
Bu — o‘z yo‘nalishini aniq tanlagan, kelajagini kiberxavfsizlik bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan va yuqori natijalarga intilayotgan talabalar uchun muhim imkoniyat.
- Arizalar 2026-yil 28-fevralga qadar qabul qilinadi.
- Saralash jarayoni suhbat asosida amalga oshiriladi.
- Agar siz yoki farzandingiz raqamli xavfsizlik sohasida mustahkam bilim, zamonaviy muhit va aniq kasbiy yo‘nalishni izlayotgan bo‘lsangiz — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Cyber University — kuchli bilim, aniq yo‘nalish va ishonchli kelajak tanlovi.
Ariza yuborish: http://t.me/CyberStepApplyBot
