Surxondaryodagi AT-eksportyor va dasturiy ta’minot korxonalari faoliyati o‘rganildi
2026-02-28 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi mobaynida hududda faoliyat yuritayotgan bir qator AT va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Young Adults” MChJ, shuningdek, Termiz shahridagi IT Park Surxondaryo filiali binosida faoliyat olib borayotgan “J oylinks IT Akademy”, “IT Call”, “Prime Termez Logistika”, “BZF Solutions”, “Uniconsoft” hamda “Rekord Mir” MChJ korxonalarining ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida korxonalar asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdilar. Xususan, “Young Adults” va “J oylinks IT Akademy” tomonidan yoshlar uchun АT va ingliz tili kurslari tashkil etilgani, zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shilayotgani ta’kidlandi.
“Prime Termez Logistika” va “BZF Solutions” kompaniyalari Amerika logistika bozoriga xizmat ko‘rsatib, eksport hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. “IT Call” MChJ esa Rossiya federatsiyasiga koll-markaz autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, “Uniconsoft” MChJ va “Rekord Mir” MChJ tomonidan mahalliy tadbirkorlar hamda davlat organlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish, jarayonlarni raqamlashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Vazir korxonalarning 2025-yildagi faoliyat natijalari, 2026-yilga mo‘ljallangan rejalari hamda mavjud muammolari bilan tanishib, sohani yanada rivojlantirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.



