8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
2026-03-08 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz ravnaqi va oilalarimiz farovonligida ayollarimizning o‘rni va hissasi beqiyosdir.
Bugungi kunda ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, davlat boshqaruvi hamda axborot texnologiyalari kabi sohalarda faol mehnat qilib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ayollarimiz barchamiz uchun faxr va iftixor manbai hisoblanadi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarimizning tashabbuskorligi, bilim va salohiyati yurtimizda raqamli taraqqiyotni yanada jadallashtirishga xizmat qilmoqda.
Shu fayzli va qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
8-mart bayrami muborak bo‘lsin!
