Qoraqalpog‘istonda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari o‘zlarining startap loyihalarini taqdimot qildi
2026-03-11 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Tanishuv jarayonida loyihaning 2-bosqich o‘quvchisi Sultonbek Baxtiyarov o‘zining “Connect” nomli startap loyihasini taqdim etdi.
“Connect” — tadbirkorlar uchun sun’iy intellekt asosidagi platforma bo‘lib, mijoz qo‘ng‘iroqlariga avtomatik javob beradi va 24/7 ishlaydi. Bu tizim qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni avtomatlashtirib, xizmat sifatini oshiradi.
- Shuningdek, loyiha ishtirokchilari Mirislam Jumabayev va Amir Asenbayev tomonidan “ARtifact” raqamli platformasi namoyish etildi.
- Platforma AR texnologiyasi orqali muzey eksponatlarini jonlantirib, foydalanuvchilarga telefon kamerasi orqali video, animatsiya va audio bilan boyitilgan ma’lumotni ko‘rish imkonini beradi.
- Hozirda mazkur loyihada Qoraqalpog‘istonning 7 ta tumanidan jami 980 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar AT va xorijiy tillarga bepul oʻqishmoqda.
Joriy yil Qoraqalpog‘istonning yana 9 ta tumanda loyiha faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, saralash jarayoni uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Havola: rtrm.uz




