audio

    Huawei ME&CA prezidenti bilan raqamlashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilind

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Huawei ME&CA kompaniyasi prezidenti Yi Syan o‘rtasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etish, texnologiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha kelgusi hamkorlikni davom ettirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda AKT infratuzilmasi, tarmoqlarni raqamlashtirish, shuningdek,yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Uchrashuvda “Raqamli O‘zbekiston 2030” rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda soha mutaxassislarining AKT ko‘nikmalarini oshirish va mavjud AKT akademiyalari va “Seed for the Future” tashabbusi asosida yosh iste’dodlar uchun ta’lim loyihalarini o‘tkazish, shuningdek, mahalliy oliy o‘quv yurtlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, Huawei kompaniyasi bilan AKT infratuzilmasini takomillashtirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish, IT sohasida yoshlarning o‘rnini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

     


    • view_icon 1181
    : 2024-06-20 00:18:13