Joriy yilning 19-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi Inha universitetida “UzQuiz” intellektual musobaqasining ochilish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 20 dan ortiq jamoa, 130 ga ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqadan maqsad – yoshlar hamda xodimlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
Intellektual musobaqaning ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.
Musobaqa 8 raunddan iborat bo‘lib, har bir raund turli mavzularga bag‘ishlandi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Birinchi o'yin g‘olib va sovrindorlari:
1. IT DESANT – (O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi jamoasi)
2. TATU
3. UZTELECOM