TATU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
2026-03-30 09:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabalari joriy yilning 22–29-mart kunlari Ashxobod shahrida o‘tkazilgan OMOUS-2026 xalqaro matematika olimpiadasi final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

- Ozodbek Tursunaliyev — bronza medali (Dasturiy injiniring fakulteti);
- Ruzimurod Abdugafforov — bronza medali (Kiberxavfsizlik fakulteti).
Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha g‘olib va ishtirokchi yoshlarni samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi!





