Yoshlarning kreativ salohiyatini namoyon etuvchi “International Ideathon-2026” tanlovi bo'lib o'tdi
2026-04-12 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Toshkent shahridagi xalqaro Amity universitetida "Fido-Biznes" kompaniyasi hamkorligida “International Ideathon-2026” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur bellashuvda poytaxtimiz bilan bir qatorda Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin maktab va akademik litsey o‘quvchilari o‘zlarining istiqbolli startap loyihalari bilan faol ishtirok etishdi.
Tanlov doirasida qishloq xo‘jaligi, aqlli ta’lim, sog‘liqni saqlash, buyumlar interneti (IoT), dron texnologiyalari va veb-ilovalar kabi zamonaviy yo‘nalishlarda 40 ta jamoaning eng sara loyihalari ko‘rib chiqildi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholangan 3 ta loyiha g‘olib deb topildi. Jumladan, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan “ZInvest”, gumbazli arxitektura orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan “BioDome” va sport ob'ektlarini band qilishni optimallashtirishga xizmat qiluvchi “FitClick” kabi loyihalar shular jumlasidandir.






