“Ma’lumotlar muhandisligi” bo‘yicha bepul vebinar va meetup tashkil etiladi
2026-04-22 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Ozarbayjonning “Coders” ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar muhandisligi” yo‘nalishida bepul vebinar va meetup tashkil etmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
— ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari, shuningdek data pipeline asoslari;
— Data Warehouse va Lakehouse tizimlari o‘rtasidagi farqlar hamda zamonaviy yondashuvlar;
— data sohasi bo‘yicha asosiy rollar, zarur ko‘nikmalar va karyera yo‘nalishlari;
— karyerani boshlash, CV va portfolio tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
Mentor: Emil Karimov — “Huawei”, “Kapital Bank” va “Gain Theory” kompaniyalarida faoliyat yuritgan, 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. Hozirda “EPAM” kompaniyasida Senior System Engineer lavozimida ishlaydi.
Tadbir tafsilotlari:
Vaqti: 19:00 (90 daqiqa)
Til: rus tili
Format: 2 ta vebinar va meetup
Ro‘yxatdan o‘tgach, Telegram guruhiga qo‘shilish tavsiya etiladi.
