Shaxsiy ma’lumotlarni yangilash uchun aloqa operatorlari ofisiga bormasdan onlayn amalga oshiring!
2026-04-23 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Mobil raqamingizni dastlab pasportga yoki ID kartaga rasmiylashtirgan bo'lsangiz, ayrim sabablarga ko'ra ushbu hujjatlarni almashtirgan bo'lsangiz shaxsiy ma’lumotlarni yangilash uchun endilikda aloqa operatorlari ofisiga borish, navbat kutish va vaqt sarflashga hojat yo'q. Endi barcha mobil aloqa operatorlari rasmiy veb-saytlari orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni masofadan turib, bir necha daqiqa ichida yangilashingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish:
Raqamli xizmatlardan foydalaning — vaztingizni tejang!
