O‘zbekiston raqamli transformatsiyada global hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-05-04 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur sessiyada Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda, Google kompaniyasi vitse-prezidenti Vint Serf, Mastercard kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Helena Forrest hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi Doreen Bogdan-Martin ishtirok etdi.
Sessiya davomida raqamli transformatsiya, mintaqaviy integratsiya, inklyuziv o‘sish hamda ishonchli raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Vazir o‘z chiqishida O‘zbekistonning raqamli rivojlanishdagi yutuqlari, xususan, startap ekotizimining jadal o‘sishi, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar hamda sun’iy intellekt va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi strategik ustuvorliklarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, sessiya yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.
Mazkur platforma O‘zbekistonning raqamli transformatsiya bo‘yicha global hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.




