O‘zbekiston Maltadagi Global Startup Awards finalida ikkita global g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
2026-05-08 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ekspertlar baholashi va hamjamiyat ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
Catextra — Yilning eng yaxshi global Greentech startapi
Raximaxon Nugmanova — People’s Choice nominatsiyasi g‘olibi
Mazkur global muvaffaqiyat 2025-yil sentyabr oyida O‘zbekistonda ICT WEEK doirasida IT Park Uzbekistan qo‘llab-quvvatlovi bilan o‘tkazilgan Hududiy finalning mantiqiy davomidir. Aynan Toshkentdagi bosqich asoschilarimiz uchun Malta sahnasida o‘z salohiyatlarini namoyish etishga mustahkam poydevor bo‘ldi.
Ushbu natijalar mahalliy loyihalarning masshtablashuv imkoniyatlarini tasdiqlaydi va O‘zbekiston startap ekotizimining xalqaro integratsiyaga tayyorligini ko‘rsatadi. Bunday e’tirof global investorlar va hamkorlar uchun mintaqa texnologik bozoridagi imkoniyatlarni belgilab beruvchi strategik ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Catextra jamoasini va Raximaxon Nugmanovani ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz.
Ekotizimimiz kelajagi — global miqyosda



