audio

    ZTE kompaniyasi bilan raqamli infratuzilmani kengaytirish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifining navbatdagi manzili “ZTE Corporation” kompaniyasi bosh qarorgohi bo‘ldi.

    Tashrif davomida kompaniyaning telekommunikatsiya sohasida erishgan yutuqlari, innovatsion yechimlar va keyingi rejalari bilan tanishildi.

    Shuningdek, kompaniya ijrochi direktori Xu Ziyang bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

    Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda IT eksport va xizmatlarni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etilishi hamda shu yo‘nalishda hamkorlik olib borishga kelishib olindi. 

    Shu bilan birga, ayollarni IT-sohasida o‘qitish bo‘yicha grant ajratish va hamkorlik qilish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

    Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK va “ZTE Corporation” o‘rtasida telekommunikatsiya infratuzilmasini, ayniqsa, mobil aloqa tarmoqlari qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.


    • view_icon 312
    : 2023-05-17 18:55:10