Raqamli texnologiyalar vaziri Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi IT kompaniyalar va frilanserlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2024-07-20 10:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nukus shahridagi Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosida, soha korxonalari boshliqlari hamda hududdagi 100 dan ortiq IT kompaniya va frilanserlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot savol javob ko‘rinishida bo‘lib, unda IT kompaniya rahbarlari va frilanserlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan qatnashdilar.
Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar, xususan IT sohasiga yoshlarni jalb qilish hamda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar muammo va takliflarni aytib o‘tishdi.
Vazir tomonidan dasturchi va frilanser yoshlarga shogirdlarni ko‘paytirish orqali ushbu yo‘nalishlardagi faoliyatlarini yanada kengaytirishlari va daromadlarini oshirishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, IT yo‘nalishida yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish zarurligi ta’kidlandi va barcha yoshlarga kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi.









