Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
2026-05-27 05:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Aziz yurtdoshlar!

Ushbu qutlug‘ onlarda barchamiz Qurbon hayiti bayramiga birgalikda tinchlik-osoyishtalik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Ushbu ulug‘ bayram xalqimizning ezgulik, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi yuksak qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Qurbon hayiti inson qalbida shukronalik, hamjihatlik va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan qutlug‘ ayyomdir.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, qalblarimizda mehr va hamjihatlik bardavom bo‘lsin. Amalga oshirayotgan barcha ezgu ishlarimizga rivoj va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Muqaddas Qurbon hayiti bayrami barchamizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va quvonch olib kelsin!
