audio

    Yaponiyaning “Digital Knowledge LTD” kompaniyasi rahbari bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov Yaponiyaga tashrifi doirasida “Digital Knowledge LTD” kompaniyasi rahbari Xiroaki Xaga bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida Xiroaki Xaga bilan OTMlarda sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv dasturi va kompaniya tomonidan yaratilgan texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga hamda talabalarga nufuzli yapon kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkonini yaratishga kelishildi.

    Shuningdek, kompaniya mutaxassislarining ilg‘or tajribasi yordamida o‘qituvchilarni sun’iy intellekt bo‘yicha malakasini oshirish tizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

    Yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, JICA orqali Yaponiya hukumatining grant loyihalariga topshirish kelishib olindi.

    Uchrashuv natijasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Japan Digital University hamda “Digital Knowledge” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

    Ma’lumot uchun: kompaniya 1995-yilda tashkil topgan. Kompaniya asosan raqamli ta’lim yo‘nalishida dunyoda 2 500 mingdan ortiq tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Tokio va boshqa davlatlardagi vakolatxonalarida 250 dan ziyod xodimlar faoliyat yuritadi. O‘zbekistondagi Japan Digital University’ning ta’sisichisi hisoblanadi.


    • view_icon 771
    : 2024-08-07 11:42:56