23-iyun – Davlat xizmati kuni
2026-06-23 13:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirligi 23-iyun – Davlat xizmati kuni munosabati bilan davlat xizmatida fidokorona mehnat qilayotgan barcha xodimlarni samimiy muborakbod etadi.

Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilayotgan barcha davlat xizmatchilariga mustahkam sog‘lik, yuksak kasbiy muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz.
Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin.
