“Raqamli O‘zbekiston” avlodlarimizga bizdan munosib meros bo‘lib qoladi – Prezident
2026-07-22 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilda Toshkent viloyatining raqamli xizmatlar eksporti ilk bor 50 million dollarga yetishi kutilmoqda. Hududning mavjud salohiyatini yanada kengaytirish uchun Nurafshon va Chirchiq shaharlarida zamonaviy IT-park binolari qurilishiga ham start berilmoqda.

– Uzoqni ko‘zlab, chin dildan amalga oshirayotgan ortga qaytmas islohotlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. “Raqamli O‘zbekiston” avlodlarimizga bizdan munosib meros bo‘lib qoladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Kelajak texnologiyalari markazi Toshkent viloyatining sun’iy intellekt va raqamlashtirish markaziga, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradigan, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqaradigan zamonaviy majmuaga aylanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar bo‘lgan 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi.
Ushbu obyektlar ishga tushishi natijasida 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish sifati yaxshilanadi.
