audio

    Ostona shahrida Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 2 – 3-sentabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etish uchun xizmat safarini amalga oshirdi.

    Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, raqamli koʻnikmalarni oʻqitishni taʼminlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya boʻyicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. 

    Shu bilan birga, raqamli innovatsiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish  muhokama qilindi.


    • view_icon 753
    : 2024-09-04 21:41:25