38-Xalqaro informatika olimpiadasining ikkinchi kun bahslari boshlandi
2026-08-13 09:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Toshkentda o‘tkazilayotgan IOI 2026 doirasidagi musobaqalarning ikkinchi kuni boshlandi. Bugungi bahslar olimpiadaning yakuniy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling!
Onlayn natijalar bilan ranking.ioi2026.uz sahifasi orqali tanishib boring.






