audio

    IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan uchrashuv qanday o‘tdi?

    TATU universitetida IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan soha vakillari: Super Dispatch kompaniyasining Frontend dasturchisi Durdona Baxronova, Stenford universitetida 2-kurs talabasi Farangiz Murodiy, Beeline Uzbekistan kompaniyasining biznes-tahlilchisi Oftoboyim Tulyaganova spiker sifatida ishtirok etdi. Tadbir bir nechta asosiy mavzularga bag‘ishlandi.

    Xususan, ishtirokchilarga Stanford, Harvard kabi jahon miqyosidagi yetakchi universitetlarga kirish va 100 foiz grant asosida tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

    Shuningdek, yangi kasb tanlash va IT-sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi. Ishtirokchilar kasb o‘zgartirish jarayonida qanday yo‘nalishlarni tanlash mumkinligi haqida o‘rgandilar.

    Bundan tashqari, tadbir davomida dasturlash bilimlarini oshirish va IT-sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun hamjamiyatlarning qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida suhbatlar o‘tkazildi.

    Tadbirda 60 dan ortiq qiz va ayollar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Stenford universitetida ta'lim olish va kasbni o‘zgartirib, IT-sohasiga kirish kabi mavzular tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar nafaqat katta bilimlarga ega bo‘ldilar, balki o‘z sohasida hamfikrlar bilan aloqalar o‘rnatdilar.

    Tadbir davomida spikerlar tomonidan xotin-qizlarning IT sohasida ta’lim olishlari uchun www.udemy.com, www.coursera.org, www.stepik.org kabi foydali havolalar ulashildi.

    Ushbu tadbir ishtirokchilarga IT sohasida yangi imkoniyatlar yaratishda va professional rivojlanishda yordam berdi.


    • view_icon 745
    : 2024-09-13 15:59:48