O‘zbekiston MDH davlatlari orasida simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinda
2026-09-16 13:20:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston avgust oyida “Speedtest Global Index” reytingida ham mobil, ham simli internet tezligi bo‘yicha uch pog‘onaga yuqoriladi.

Mobil internet bo‘yicha mamlakatimizda yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Natijada O‘zbekiston 75-o‘rindan 72-o‘ringa ko‘tarildi.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 5 yilda 65 pog‘onaga yuqoriladi.
Simli internet bo‘yicha yuklab olish tezligi ham bir oy ichida 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshdi. O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni 76-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi.
MDH davlatlari orasida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha yuqori natija qayd etib, birinchi o‘rinda bormoqda.
Shuningdek, 2026-yil boshidan buyon mobil internetning yuklab olish tezligi sakkiz oy davomida 27 foizga oshib, 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi.
Uyingiz va ofisingiz uchun yuqori tezlikdagi optik internetdan foydalaning!
