Gulistonda BPO yo‘nalishidagi yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaytirilmoqda
2026-09-26 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan IT Park rezidenti — “Pandaex” MChJning BPO yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanishdi.
Kompaniya xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va faoliyat yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi. Bugungi kunda “Pandaex”da 100 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Ular Guliston shahridan turib xalqaro bozorga xizmat qilmoqda.
Tashrif davomida kompaniyaning Sirdaryo viloyatining chekka hududlarida qo‘shimcha filiallarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
BPO yo‘nalishining hududlarda rivojlanishi yoshlar uchun yangi ish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning o‘z yashash hududidan turib xalqaro bozorga chiqishiga ham xizmat qilmoqda.


