Sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv seminari davom etmoqda
2026-09-27 10:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda Toshkent shahar va viloyat hokimlarining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari uchun tashkil etilgan uch kunlik o‘quv seminarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Kun davomida ishtirokchilarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv-seminar doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda hududlarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda maslahatchilarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Unicon-Soft kompaniyasiga tashrif buyurib, kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va zamonaviy raqamli yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.






