audio

    AQShda OpenAI kompaniyasi bilan sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHda OpenAI kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda O‘zbekistonning milliy sun’iy intellekt strategiyasi va ta’limiga OpenAIning qo‘shadigan hissasini muhokama qildi.

    Uchrashuvda, tomonlar SI boshqaruvi, tadqiqoti va amaliyoti bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. 

    Shuningdek, OpenAI kompaniyasi bilan SI etikasi va maxfiylik masalalari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasida OpenAI bilan uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish va yoshlarning SI sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan dasturlar muhokama qilindi.


    • view_icon 2623
    : 2024-09-30 16:49:01