Autsorsing xizmatlarini rivojlantirişdan startap ekotizimlarini integratsiyalaşgaça: Özbekiston delegatsiyasining Yevropaga taşrifi natijalari
2026-10-27 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
IT Park Uzbekistan boş direktori Azamat Karamatov boşçiligidagi delegatsiya Fransiya va Germaniyada qator işbilarmonlik uçraşuvlarini ötkazdi. Taşrif dasturi Parij, Myunxen va Berlin şaharlarini qamrab olib, xalqaro texnologiya kompaniyalari, innovatsion markazlar va sohaviy taşkilotlar bilan muzokaralarni öz içiga oldi.

Taşrifning markaziy tadbiri Uzbekistan Outsourcing Conference (UOC Berlin 2026) bölib, unda Özbekistonning xalqaro IT va BPO biznesi uçun mavjud salohiyati hamda yaratilgan şaroitlari taqdim etildi.
Işbilarmonlik dasturining asosiy yönalişlari Özbekiston kompaniyalarining Yevropa bozorlaridagi iştirokini kengaytiriş, Yevropa kompaniyalarini mamlakatga jalb etiş, xalqaro startap hamkorliklarini rivojlantiriş, xorijiy buyurtmaçilar bilan aloqalarni yölga qöyiş hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlaşdan iborat böldi.
Parij: startaplar va Yevropa bozoriga çiqiş
20-oktabr kuni Parij şahrida IT Park Uzbekistan boş direktori Azamat Karamatov STATION F vakillari bilan uçraşdi.
Muzokaralar Özbekiston startaplarining Fransiya va Yevropaning boşqa bozorlariga çiqişini qöllab-quvvatlaş, xalqaro akseleratsiya dasturlarida iştirok etiş hamda vençur investorlar va korporativ hamkorlar bilan bevosita aloqalar örnatişga qaratildi.
Uçraşuvning muhim mavzularidan biri STATION F hududida Özbekiston innovatsion markazini taşkil etiş istiqboli böldi. Mazkur taşabbus mahalliy texnologik loyihalarni xalqaro miqyosda ilgari suriş va ularning Yevropa startap ekotizimiga integratsiyalaşuviga xizmat qilişi mumkin.
Muhokama etilgan taşabbuslar özbekistonlik tadbirkorlarning xalqaro aloqalarini kengaytiriş hamda Yevropa texnologiya hamjamiyati bilan hamkorlikning yangi yönalişlarini şakllantirişga qaratilgan.
Myunxen: autsorsing, kadrlar va IT xizmatlari
21-oktabr kuni Myunxen şahrida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi xalqaro kompaniyalar va sohaviy uyuşmalar vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Asosiy e’tibor özbekistonlik mutaxassislarni xorijiy loyihalarga jalb qiliş, texnologik autsorsing kölamini oşiriş va mahalliy IT kompaniyalarini xalqaro xizmat körsatiş zanjirlariga integratsiyalaş masalalariga qaratildi.
Axl Brains bilan uçraşuvda Özbekistonda malakali mutaxassislarni tanlaş va texnik jamoalarni şakllantiriş istiqbollari körib çiqildi. Keyingi bosqiçda Talent Acquisition yönalişidagi hamkorlikni qayta faollaştiriş va kompaniyaning kadrlarga bölgan dolzarb ehtiyojlarini aniqlaştiriş rejalaştirilmoqda.
ABSL DAÇ bilan muzokaralarda Özbekistonni xalqaro autsorsing xizmatlari va global kompetensiyalar markazlarini (GCC) joylaştiriş uçun istiqbolli manzil sifatida ilgari suriş masalalari muhokama etildi.
Navbatdagi taşabbuslar qatorida uyuşmaga a’zo kompaniyalarga mamlakat imkoniyatlarini taqdim etiş hamda potensial buyurtmaçilar bilan bevosita aloqalar örnatişga xizmat qiluvçi ABSL tadbirlarida iştirok etiş közda tutilmoqda.
Sçwarz Digits bilan muloqot raqamli infratuzilma, bulutli yeçimlar va axborot xavfsizligi masalalarini qamrab oldi. Keyingi bosqiçda kompaniya ehtiyojlarini örganiş va tegişli texnik tajribaga ega IT Park Uzbekistan rezidentlari orasidan salohiyatli ijroçilarni aniqlaş nazarda tutilgan.
UOC Berlin 2026: autsorsing xizmatlari sohasida Özbekiston va Germaniya hamkorligini mustahkamlaş
22-oktabr kuni Özbekiston Respublikasining Germaniyadagi elçixonasida Uzbekistan Outsourcing Conference (UOC Berlin 2026) bölib ötdi. Tadbir xalqaro biznes, texnologiya kompaniyalari va turli taşkilotlarning 90 nafardan ortiq vakilini birlaştirdi.
Berlinda uçinçi yil ketma-ket ötkazilayotgan uşbu konferensiya Yevropa işbilarmonlik hamjamiyati va Özbekiston texnologiya sohasi vakillari örtasida töğridan-töğri muloqot örnatiş uçun muhim platforma vazifasini bajarmoqda.
Dastur kiriş nutqlari bilan boşlanib, iştirokçilarga Özbekistonning investitsiyaviy va kadrlar salohiyati, IT Park Uzbekistan taqdim etayotgan şaroitlar, amaldagi davlat qöllab-quvvatlaş mexanizmlari hamda xalqaro IT va BPO bölinmalarini joylaştiriş imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Konferensiyaning markaziy qismi “Uzbekistan and Germany: Building the Next Global Services Partnerşip” (“Özbekiston va Germaniya: global xizmatlar sohasida yangi hamkorlikni şakllantiriş”) mavzusidagi panel muhokamasi böldi.
Unda texnologik autsorsing va global biznes xizmatlari orqali ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Panelda Ost-Aussçuss der Deutsçen Wirtsçaft boşqaruvçi direktori Miçael Harms, IT Park Uzbekistan eksportni rivojlantiriş böyiça direktori Jahongir Kagirov, CCV vakili Ursula Steinmetz hamda Berlitz vakili Theresa Brox iştirok etdi.
Dasturning amaliy qismi AttoLabs asosçisi va boş direktori Gufron Atto çiqişi bilan davom etdi. U tadbirkorlik tajribasi va texnologik biznesni rivojlantirişning öziga xos jihatlari haqida söz yuritdi.
Konferensiyada, şuningdek, Deloitte, CIC, davero dialog, nearşorefriends, Berlitz, Fraunhofer IPK, Klarna, Rödl, SÇNEIDER GROUP va boşqa xalqaro taşkilotlar vakillari qatnaşdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasining Germaniyadagi elçixonasi, Ost-Aussçuss der Deutsçen Wirtsçaft hamda konferensiya hamkorlari kömagida taşkil etilib, ikki mamlakat kompaniyalari örtasida professional muloqot va yangi işbilarmonlik aloqalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
Institutsional hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş
Berlin dasturining muhim natijalaridan biri IT Park Uzbekistan va Ost-Aussçuss der Deutsçen Wirtsçaft (Germaniya iqtisodiyotining Şarqiy qömitasi) örtasida hamkorlik memorandumi imzolanişi böldi.
Kelişuv Germaniya işbilarmonlik hamjamiyati bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyiş, Özbekistonning investitsiyaviy va texnologik xizmatlar bozoridagi salohiyatini potensial investorlar hamda buyurtmaçilarga taqdim etiş, mamlakatda biznes yuritiş şaroitlari va mavjud qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida axborot almaşiş uçun asos yaratadi.
Hamkorlikning asosiy amaliy mexanizmlari sifatida qöşma sohaviy tadbirlar ötkaziş, biznes delegatsiyalar taşriflarini taşkil etiş va B2B muzokaralarni yölga qöyiş belgilandi. Uşbu yönalişlar ikki davlat kompaniyalari örtasida bevosita şeriklik aloqalarini rivojlantirişga qaratilgan.
Yana bir memorandum xalqaro ta’lim kompaniyasi Berlitz bilan imzolandi.
Hamkorlikning istiqbolli yönalişlaridan biri Özbekiston BPO sohasi uçun nemis tilini biladigan mutaxassislarni tayyorlaş böyiça qöşma dasturni işlab çiqiş hisoblanadi.
Taşabbus doirasida ta’lim yondaşuvlarini nemis tilida xizmat körsatiladigan bozorlarda faoliyat yurituvçi xalqaro iş beruvçilarning til va kasbiy malaka talablariga moslaştiriş nazarda tutilmoqda.
Mazkur taşabbus kelgusida eksportga yönaltirilgan servis kompaniyalari uçun ixtisoslaşgan kadrlar zaxirasini şakllantiriş hamda Özbekiston biznes xizmatlari sanoatining raqobatbardoşligini oşirişga hissa qöşişi mumkin.
Istiqbolli texnologik taşabbuslarni rivojlantiriş
Konferensiyadan söng IT Park Uzbekistan delegatsiyasi xalqaro kompaniyalar bilan ikki tomonlama maslahatlaşuvlarni davom ettirdi.
Muzokaralarda startap infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro servis faoliyatlarini mamlakatga jalb etiş va Özbekiston IT kompaniyalari iştirokidagi loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga e’tibor qaratildi.
CIC bilan uçraşuvda Toşkentda Venture Café formatini rivojlantiriş masalasi körib çiqildi.
Uşbu xalqaro platforma startaplar, investorlar, texnologiya kompaniyalari va soha ekspertlarini birlaştiradi.
Taşabbus muntazam ravişda sohaviy tadbirlar ötkaziş, professional tajriba almaşiş va mahalliy startap ekotizimining xalqaro aloqalarini kengaytiriş uçun maydon yaratişni nazarda tutadi.
CCV bilan muzokaralar esa kontakt-markazlar va mijozlarga xizmat körsatişga ixtisoslaşgan Germaniya kompaniyalarini Özbekistonga jalb etiş hamda mamlakatda nemis tilida xizmat körsatadigan jamoalarni şakllantiriş istiqbollariga bağişlandi.








