Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov VEON kompaniyalar guruhi bosh direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning raqamli sektorini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Beeline Uzbekistanning yangi bosh direktori Andrey Pyataxin tanishtirildi. U ish faoliyatini joriy yilning 1-dekabridan boshlaydi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnologik infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, telekommunikatsiya yo‘nalishida hamkorlikni oshirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida, mamlakatda raqamli xizmatlarning rivojlanishi bilan Internetga ulanish ko‘lami oshib borayotganini hisobga olgan holda zarur infratuzilma bilan ta’minlash, aholiga xizmatlar ko'lamini oshirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda kiberxavfsizlik muhim mavzulardan biri sifatida ko‘tarilib, O‘zbekistonning xalqaro ma’lumot markazlarini rivojlantirish loyihalari, shuningdek, xavfsiz Internet va ma’lumot uzatish yo‘nalishlari haqida gaplashildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda IT outsourcing va boshqa xizmatlarni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, yuqori malakali kadrlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.