audio

    Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari e’lon qilindi

    BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingi natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-oringa koʻtarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

    Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur metodika doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

    Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

    Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

    - Ochiqlik va elektron ishtirok;

    - Elektron davlat xizmatlari;

    - Axborot xavfsizligi;

    - Faoliyatning raqamlashtirilganligi;

    - Tashkiliy masalalar.

    Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:

    71 dan 100 ballgacha — “yashil” (yaxshi);
    55 dan 71 ballgacha — “sariq” (qoniqarli);
    55 dan pasti — “qizil” (qoniqarsiz).
    Baholash natijalariga ko‘ra:
    Yaxshi - “yashil” ro‘yxatga jami 38 ta;
    Qoniqarli - “sariq” ro‘yxatga jami 41 ta;

    Qoniqarsiz - “qizil” ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi.


    • view_icon 813
    : 2023-09-04 17:51:14