audio

    Xitoyning yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

    Raqamli texnologiyalar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, “Dezhou Huake Semiconductor Co.” Ltd, “Bitmain Huake Semiconductor Research Institute Co.” qo‘shma korxonasi hamda Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish va ushbu markazning kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi.

    Shuningdek, uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, Dezhou Huake Semiconductor Co. Ltd hamda Bitmain Huake Semiconductor Research Institute Co. Qo‘shma korxonasi o‘rtasida Yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish loyihasi doirasida memorandum imzolandi.

    Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida Xitoyning chip va datchiklar ishlab chiqaradigan Shandong Huake Semiconductor Research Institute Co kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekiston hududida yuqori aniqlikdagi raqamli intelektual datchiklar va chiplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu mahsulotlarning xorijiy davlatlarga eksportini amalga oshirish maqsad qilinganligi ta’kidlangan edi.


    • view_icon 773
    : 2023-09-07 14:25:03