audio

    Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda HP kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga tashrifi doirasida Hewlett-Packard (HP) kompaniyasining vitse-prezidenti Aleksey Voronkov va mintaqaviy menejeri Svetlana Viripayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida mamlakatimiz yoshlari uchun AKT sohasi bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish hamda AQSH bozoriga IT xizmatlar eksportini yanada oshirish maqsadida 7 yil davomida 500 mingga yaqin yoshlar uchun HP kompaniyasining zamonaviy va sifatli noutbuklar bilan ta’minlashga qaratilgan “HP Live” hamda “HP Garage” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama etildi. 

    Shuningdek, Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va HP kompaniyasining katta vitse-prezidenti, hukumatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha rahbari Britani Masalosalo bilan uchrashuv natijasida Vazirlik va HP kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.


    • view_icon 325