audio

    Qatarning “Mannai” korporatsiyasi bilan hamkorlik kengaytiriladi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarga tashrifi doirasida EXCOM raisi o‘rinbosari Xolid Mannai, “Mannai” korporatsiyasi rahbari Alekh Greval, Mannai korporatsiyasi guruhi bosh direktori va “Mannai” InfoTech katta vitse-prezidenti Binu MR bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Muhokamalarda IT xizmatlarini ko‘rsatish uchun yurtimizda offshore yetkazib berish markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

    Uchrashuvda, shuningdek, “Mannai” korporatsiyasi va Qatarning boshqa IT-kompaniyalari bilan hamkorlikda xodimlarning malaka darajasini oshirish va ishga yollash xarajatlarini kamaytirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan IT loyihasini ishlab chiqish masalasiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, maxsus IT o‘quv markazini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mannai” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


    • view_icon 212
    : 2024-11-19 18:15:46