audio

    Raqamli texnologiyalar vazirligi Qatarning MEEZA QSTP kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rganmoqda

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarda joylashgan yetakchi IT xizmatlari va yechimlari provayderi MEEZA kompaniyasi bosh direktori Mohamed Ali Alghaithani bilan raqamli va texnologik sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muzokaralar o‘tkazdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda IT-infratuzilmasi yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislar zaxirasidan foydalangan holda autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Ikkala tomon ham o‘z hududlarida raqamli innovatsiyalarni ilgari surish va texnologik imkoniyatlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida qiziqish bildirdi.

    Ma’lumot uchun: MEEZA Qatarda joylashgan IT-xizmatlari va yechimlari provayderi hisoblanadi. Kompaniya IT xizmatlari, bulutli texnologiya yechimlari, kiberxavfsizlik va maʼlumotlar markazi xizmatlarini oʻz ichiga olgan. MEEZA shuningdek, Qatarning birinchi tijoriy xavfsizlik operatsiyalari markazini boshqaradi va tabiiy ofatlarni tiklash, biznesning uzluksizligi, aqlli shaharlar va sun'iy intellektni (AI) qo'llab-quvvatlaydi.


    • view_icon 174
    : 2024-11-21 11:21:28