audio

    Aloqa sohasida Hududiy hamdoʻstlik bosh direktori bilan mintaqada raqamlashtirish sohasida hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri, ASHHga aʼzo davlatlar aloqa maʼmuriyatlari kengashi raisi Sherzod Shermatov hamda Aloqa sohasida Hududiy hamdoʻstlik Bosh direktori Aleksey Borodin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

    Uchrashuvda raqamli rivojlanish, raqamli iqtisodiyot va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish va IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi. 

    Shuningdek, ASHH Ijroiya qoʻmitasining Toshkent shahrida oʻz filialini ochishi hamda oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlikning yangicha yondashuvlarini istiqbolli ishlab chiqish yuzasidan fikrlar almashildi.

    Shu bilan birga, aloqa sohasida yangi standartlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish, jumladan, Xalqaro elektraloqa ittifoqi bilan hamkorlikda kelgusida Oʻzbekistonda standartlashtirish boʻyicha xalqaro tadbir oʻtkazish istiqbollari muhokama qilindi. 

    Uchrashuv davomida ASHHga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlikni kuchaytirish uchun yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish taklif etildi. 

    Xususan, Oʻzbekiston mintaqaning kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar markaziga aylanishi uchun infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish, xalqaro tadbirlar oʻtkazish va mamlakatning turistik salohiyatini namoyish etish masalalari muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqa davlatlari oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga ishonch bildirdilar.


    • view_icon 339
    : 2024-11-27 19:55:20