audio

    Raqamli texnologiyalar vaziri “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasida ishtirok etdi

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

    Ushbu tadbir ikki kunlik konferensiya va ko‘rgazma bo‘lib, u Markaziy Yevroosiyo bo‘ylab milliy xavfsizlik markazlari, kiberxavfsizlik yechimlari provayderlari va hukumat, tijorat hamda sanoat foydalanuvchilari uchun ulanish, o‘rganish va biznes yuritish imkonini beradi.

    Konferensiya ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi.  

    O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Kiberxavfsizlik sammiti texnologiyalarni namoyish etish, rag‘batlantirish, shuningdek, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Shuningdek, ushbu konferensiya global xavf-xatarlarning oldini olish hamda kiberxavfsizlik, raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan to‘liq foydalanish uchun muhim maydon hisoblanadi.


    • view_icon 861
    : 2023-10-03 11:45:22