Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Bir makon, bir yoʻl” forumi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori A.Muxitdinov Xitoy Xalq Respublikasining “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokaralar natijasiga koʻra, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “BYD Auto Industry Co., Ltd” oʻrtasida “Elektron hukumat” tizimining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi xizmatlaridan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Ushbu shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi hududida “BYD Auto Industry Co., Ltd” tomonidan sotiladigan avtomashinalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari va avtomobillardagi yordamchi assistent hamda aktual dasturiy taʼminotlarni doimiy ravishda yangilab borish koʻzda tutilgan.