ICTWeek haftaligi doirasida Jahon Bankining “O‘zbekistonda elektron tijorat bozorida qanday muvaffaqiyatga erishish mumkin” mavzusida forumi bo‘lib o‘tadi
2023-10-19 10:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumda Amazon, Mastercard, Alibaba, DHL, Uzum, USAID va boshqalar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari, AQSh, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Singapur va Yevropa davlatlaridan ekspertlar ishirok etadi.
Tadbirda onlayn savdo, moliyaviy to‘lovlar, logistika sohasi mutaxassislari qatnashib, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Sessiyalar davomida tajriba almashish, elektron tijorat sohasidagi imkoniyatlar, muammolar va yechimlar muhokama qilinadi.
Forum Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya hukumati moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv (EGED) dasturi koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Tadbir vaqti: 26-oktabr, soat 14:00 dan 17:00 gacha
O‘tkaziladigan joy: Toshkent sh., Mo‘minova ko‘chasi, 4-uy
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://ictweek.uz/
