audio

    O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etildi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “ICTWEEK – 2023” haftaligi doirasida joriy yilning 25-oktabr kuni Markaziy Osiyo “IPv6 Enhanced” sammiti o‘tkazildi.

    Sammitdan asosiy maqsad – IPv6 protokolini joriy etish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekistonda IPv6 protokolini joriyni etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Sammit doirasida O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etilgani e’lon qilindi.

    Tadbirda “IPv6 Forum”, “RIPE NCC”, “Huawei Technologies Co. Ltd”, “IETF IAB”, “UMS”, “Uzbektelekom” kabi xalqaro va mahalliy kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ekspertlar tomonidan o‘z taqdimotlarida 50 dan ortiq soha mutaxassislari, tahlilchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan o‘z bilim va tajribalari, fikrlari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Anjuman doirasida IPv6 protokolini amaliyotga joriy etish va integratsiya qilish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar va mamlakatlar tajribasi, erishilgan yutuqlar, duch kelinadigan muammolar, istiqbolli loyihalar va ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlar muhokama qilindi.


    • view_icon 1036
    : 2023-10-26 13:01:07